Sport | 12:45 / 06.02.2017
14521
3 daqiqa o‘qiladi

Aliboyev, Masharipov va Quttiboyev Babayandan terma jamoaga chaqiruv oldi

O‘zbekiston terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan Turkiyada bo‘lib o‘tadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘nilariga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e'lon qildi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, terma jamoa JCh–2018 saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Turkiyaning Antaliya shahrida 8–12 fevral kunlari navbatdagi o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Mazkur yig‘in doirasida O‘zbekiston terma jamoasi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. 10 fevral kuni Samvel Babayan shogirdlari Rossiya Premer-ligasi vakili «Amkar» klubi bilan, 11 fevral kuni esa Armanistonning «Alashkert» jamoasi bilan kuch sinashadi.

Yig‘inga taklif etilgan futbolchilar quyidagicha: 
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov («Paxtakor»), Ignatiy Nesterov («Lokomotiv»), Eldor Suyunov («Nasaf»).

Himoyachilar: Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv»), Davron Hoshimov («Paxtakor»), Rustam Ashurmatov («Bunyodkor»), Azim Ahmedov («Paxtakor»), Bobur Yo‘ldoshev («Lokomotiv»), Stanislav Andreyev («Paxtakor»), Vladimir Kozak («Paxtakor»), Akram Komilov («Bunyodkor»), Odil Hamrobekov («Nasaf»).

Yarim himoyachilar: Javohir Sohibov («Paxtakor»), Otabek Shukurov («Bunyodkor»), Salamat Quttiboyev («Lokomotiv»), Marat Bikmayev («Lokomotiv»), Eldor Shomurodov («Bunyodkor»), Jaloliddin Masharipov («Lokomotiv»), Jamshid Iskanderov («Paxtakor»), Ikrom Aliboyev («Lokomotiv»), Azizjon G‘aniyev («Nasaf»), Doston Hamdamov («Bunyodkor»).

Hujumchilar: Igor Sergeyev («Paxtakor»), Shohruz Norxonov («Obod»).

Bo‘lajak yig‘in FIFA kunlariga to‘g‘ri kelmaganligi uchun legioner futbolchilar Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulotlariga taklif etilmadi.

Eslatib o‘tamiz, JCh–2018 saralash bosqichi «A» guruhi 5-turidan keyin O‘zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Eron 11 ochko bilan birinchi, Janubiy Koreya esa 10 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda.

Mavzuga oid