Sport | 08:26 / 06.02.2017
5677
2 daqiqa o‘qiladi

Bundesliga. Gollarga boy tur yakunlandi

Germaniya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar nihoyasiga yetdi. Yakshanba kungi dasturdan o‘rin olgan ikki uchrashuv gollarga boy kechdi.

«Augsburg» o‘z uyida «Verder»ni qabul qilib, irodalai g‘alabaga erishdi. Hisobda ortda borayotgan jamoa avvaliga 79-daqiqada Ku Chja Chxolning golidan keyin hisobni tenglashtirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Aldo Bobadilya jamoaga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Yevropa chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan «Ayntraxt» esa o‘z uyida mavsumni o‘ta bo‘sh o‘tkazayotgan «Darmshtadt»ni qabul qilib ishonchli tarzda g‘alaba qozondi va turnir jadvalida yana 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Germaniya bundesligasi, 19-tur

Augsburg – Verder 3:2 (1:1)
Gollar: Shmid (28), Ku Chja Chxol (79), Bobadilya (90+4) – Gebre Selassiye (26), Kruze (65, penalti).
Augsburg: Xitts, Gaueleu, Maks, Verxag, Xinteregger, Shmid (Taygl, 63), Kor, Xalil Altyntop (Kachar, 53), Ku Chja Chxol, Chji Don Von, Bobadilya.
Verder: Vidvald, Sane, Bauer, Gebre Selassiye, Garsiya, Bartels (Yuxannsson, 66), Yunuzovich, Dileyni, Velkovich, Gnabri (Fritts, 90), Kruze.

Ayntraxt F – Darmshtadt 2:0 (0:0)
Gollar: Xasebe (74, penalti), Rebich (83).

Ayntraxt F: Gradetski, Ochipka, Abraam, Valexo, Chendler, Gachinovich (Barkok, 85), Xasebe, Maskarel (Bezushkov, 88), Xrgota (Tarashay, 75), Rebich, Mayyer.
Darmshtadt: Esser, Fedetskiy, Xolland, Sulu, Miloshevich, Sem (Sirigu, 62), Gondorf, Rozental, Xeller, Nimayyer (Oltinto‘p, 79), Boyd (Cholak, 68).

Mavzuga oid