Ibrahimovichdan katta intervyu: «Manchester Yunayted» ovga chiqdi!
«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich APLning 24-turida «Lester»ga qarshi g‘alabali uchrashuvdan keyin muxbirlarning savollariga javob qaytardi.
«Menda maqsad bor, ammo bu maqsadimni sizlarga aytmoqchi emasman. Bu fikr boshimda yashab tursin, hali maqsadimga yetishganim yo‘qku», dedi futbolchi.
«Gap nima haqda?» – deya so‘ragan jurnalistlardan biri.
«Barchasi oddiy: Men har mavsumda qilishni istaydigan ish. Bu, bir tomondan yangi cho‘qqi emas, ammo men uchun muhim ahamiyatga ega. Hozir men imkoniyatlarim yetganicha uddalayapman. Bunda menga jamoadoshlarim yordam berishmoqda», deya javob qaytargan Ibrahimovich.
Shvetsiyalik hujumchi Angliya chempionatiga kelishiga tanqidiy nazar bilan qaragan ekspertlarni eslab o‘tgan. Ko‘pchilik bu mashhur va shu bilan birga faoliyatining oxirgi bosqichiga o‘tgan bu futbolchi Premer-liganing shiddatiga javob bera olmasligini taxmin qilgandi.
«Bilaman, Angliya Ibrahimovich 20 gol ura olmasligi haqida gapirgan odamlar bilan to‘la. Ammo bu meni tashvishga solmaydi. Men hozirgacha 20 gol urib bo‘ldim va 7ta golga pas berdim. O‘tgan mavsumda bu natijani qayd etishim oson edi, ammo hozir hammasi boshqacha», deydi shvetsiyalik hujumchi.
Bu futbolchi o‘zi uchun APL to‘purari bo‘lish yoki jamoasiga YeChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda yordam berishdan qaysi biri muhimroqligi haqidagi savolga ham javob bergan.
Ayni vaqtda APLning eng yaxshi to‘purari «Everton» hujumchisi Romelu Lukaku bo‘lib turibdi, u Ibrahimovichdan 12 yosh kichik. U 16ta gol urgan. Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni Zlatan Diyego Kosta («Chelsi») va Aleksis Sanches «Arsenal» bilan 15tadan gol urgan holda bo‘lishib turibdi.
«Bilasizmi, menga har kuni nima motivatsiya beradi. Tanqidlar va chempionatdagi poyga. Menga APLdagi muhit juda yoqadi, men bu ligadaligimdan bahra olishda davom etishni istayman. Qanday ishtirok etishimizdan qat'i nazar. Mening birinchi galdagi maqsadim – «Manchester Yunayted»ga g‘alaba qozonish uchun yordam berish. Men barcha jamoadoshlarim qatori bu maqsad yo‘lida bor imkoniyatimni ishga solaman. Buni o‘zingiz ham ham ko‘rib turibsiz.
Hozirda maqsadimiz aniq: kuchli to‘rtlikka kirish va Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish», deydi futbolchi.
Ko‘plab ekspertlar mavsum chempioni «Chelsi» bo‘lishini taxmin qilishmoqda. Zlatan esa o‘z jamoasi chempionlik poygasida burilish yasashiga ishonch bildirdi.
«Biz bor diqqatimizni yevrokubokka yo‘llanma olish uchun qaratamiz. Albatta, jamoamiz chempionlikka erishishi qiyinlashib ketdi, ammo biz taslim bo‘lmoqchi emasmiz. «Lester» ustidan g‘alabadan keyin biz katta ovga chiqdik. Ha, biz uchun oxirgi oylar qiyin kechdi, ammo endi barchasi ortda qoldi.
Mening nazarimda, «Yunayted»da faqat bir raqib bor – bu uning o‘zi. Agar biz o‘z o‘yinlarimizni yutganimizda, chempionatda umumiy vaziyat boshqacha bo‘lgan bo‘lardi. Ammo hozirgi vaziyat ham qo‘rqinchli emas. Hozirda raqiblarimiz xato qilishini kutamiz», – degan Ibrahimovich.
Ayni vaqtda «qizil iblislar» jamoasi 45 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi o‘rinda, peshqadam «Chelsi»dan 14 ochkoga ortda qolgan holda bormoqda.
Mavzuga oid
08:16
Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy ov oqibatida 1,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
12:58 / 07.11.2024
Buxoroda noqonuniy ov natijasida tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
23:42 / 27.11.2023
Qoraqalpog‘istonda o‘rmon xo‘jaligi rahbari noqonuniy ov qilib yurgani aniqlandi
21:56 / 19.05.2023