Fan-texnika | 16:50 / 08.02.2017
14042
3 daqiqa o‘qiladi

G‘ildiraklarga kiritilgan sarmoya: eng yaxshi klassik avtomobillarning top-10ligi

Eski avtomobillar xaridorlarni nafaqat o‘z uslubi va tarixi bilan jalb etadi, balki sarmoya kiritishning eng ishonchli usullaridan biri ekani bilan ham e'tiborga loyiqdir. AQShning Arizona shtati Skottsdeyli shahrida bo‘lib o‘tgan kolleksiya avtomobillari kim oshdi savdosi dunyoning 30 mamlakatidan kelgan boy mehmonlarni bir joyga to‘pladi. 35ta avtomobilning har biri kamida 1 mln dollardan sotildi. 

Bu borada eng qimmat avtomobil sifatida 1963 yilda ishlab chiqilgan Jaguar topildi. Bonhams kim oshdi savdo uyi tomonidan qo‘yilgan mashinani 7,37 mln dollar evaziga xarid qilishdi.

Kolleksiya avtomobillarini sug‘urtalovchi Hagerty kompaniyasiga ko‘ra, umuman bir oy mobaynida 3486 dona avtomobil 259,8 mln dollarga sotilgan. Quyida esa, ularning eng qimmatlari bilan tanishish imkoniga egasiz: 

1939 yilda ishlab chiqilgan Mercedes-Benz 540K Special Roadster RM Sotheby's auksionida 6,6 mln dollarga yangi egasini topdi.

 

1952 yilgi Ferrari 340 America Competizione Spider, Bonhams kim oshdi savdosida 6,38 mln dollarga sotildi.

 

4,81 mln dollar evaziga Bonhams savdo uyida sotilgan Mercedes-Benz Typ S Sports Tourer 1928 yilda ishlab chiqilgan. 

 

Ferrari 365 GTS Spider 1969 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, RM Sotheby's auksionida 3,6 mln dollarga sotildi.

 

Bir necha yildan so‘ng, bir asrni qarshilovchi, aniqrog‘i 1925 yilda ishlab chiqilgan Bugatti Type 35 Grand Prix Roadster avtosi Gooding & Company tomonidan o‘tkazilgan kim oshdida 3,3 mln dollarga baholandi.

 

1995 yilda ishlab chiqilgan Ferrari F50 Coupe kupesi esa RM Sotheby's auksionida 3,1 mln dollar evaziga yangi xo‘jayinli bo‘ldi.

 

1961 yilgi Ferrari 400 Superamerica Coupe yana o‘sha RM Sotheby's savdo uyi tomonidan 3,08 mln dollarga sotildi.

 

Ferrari 500 Superfast Series I Coupe kupesi 1965 yilda ishlab chiqilgan. Albatta, suratdagi emas, ammo xuddi shuning o‘zginasi Gooding & Company tomonidan 2,92 mln dollarga baholandi.

 

1931 yilda yig‘ilgan Alfa Romeo 6C 1750 Gran Sport Spider o‘z navbatida Bonhams kim oshdi savdosida 2,8 mln dollarga sotildi.

Mavzuga oid