Sport | 18:34 / 09.02.2017
8466
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu 80ta itga yordam ko‘rsatdi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliyadagi hayvonlarni himoya qiluvchi tashkilotlardan biriga 80ta kuchukni qutqarib qolishda yordamlashdi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar tarqatgan.

32 yoshli Ronaldu o‘zining imzosi tushirilgan futbolkani jamiyatga sovg‘a qilgan. Endi jamiyat egasi ushbu futbolkani auksion orqali sotishni rejalashtirmoqda. Futbolkadan tushgan pulga itlarni davolovchi veterinarga pul, shuningdek jonivorlar uchun oziq-ovqat xarid qilish rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, Ronalduga ushbu aksiya ko‘ngillilaridan biri 2016 yilning noyabrida murojaat qilib xat yozgan va undan yordam berishini so‘ragan. Nihoyat o‘tgan haftada uning futbolkasi yetib kelgan 

Mavzuga oid