Fan-texnika | 15:39 / 10.02.2017
5280
2 daqiqa o‘qiladi

Chikago avtoshousida yangi Hyundai Elantra xetchbekining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

AQShning Illinoys shtati Chikago shahrida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi Elantra xetchbekining yangi GT avlodini namoyish etdi. Bu model, ta'kidlanishicha, shu nomdagi sedan bilan umuman aloqasi yo‘q. U o‘tgan yilning kuzida Yevropada taqdim etilgan besh eshikli i30 modelining Amerika uchun mo‘ljallangan modifikatsiyasi hisoblanadi. 

Model ikki xil rusumda mijozlarga havola qilinadi: birinchisiga 162 ot kuchiga ega, 2,0 litrli atmosferali motor o‘rnatiladi. Elantra Sport rusumi mustaqil orqa podveska, 201 ot kuchiga ega bo‘lgan 1.6 T-GDI kuchaytirilgan dvigatel yordamida harakatlanadi. Ushbu ikki motor ham 7 diapazon va ikki siquvchiga ega avtomatik uzatmalar qutisi vositasida avtomobilni harakatga keltiradi. 

Elantra jihozlariga Blue Link tizimi ham kiradi. U smartfon vositasida dvigatelni masofadan ishga tushirish, iqlim nazoratini boshqarish, ko‘rinmas hududlar va chiziqlarni kuzatish, old to‘qnashuvlarning oldini olish imkonini beradi. Bundan tashqari, Infinity audioto‘plami va 8 dyuym ekranli yangi multimedia tizimi ham bor. 

Mavzuga oid