Jahon | 14:43 / 13.02.2017
16144
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident apparati Atambayev Yevropaga nima ish bilan otlanganini ma'lum qildi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 15-17 fevral kunlari davomida Germaniya va Belgiyaga tashrifini amalga oshiradi. Bu haqda bugun prezident apparati rahbarining birinchi o‘rinbosari Sapar Isoqov jurnalistlarga ma'lum qilgan.

Atambayev Yevropa kengashi raisi Donald Tusk, Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker bilan uchrashadi. U shuningdek, Belgiya qiroli bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda.

«Ular shu vaqtgacha 3 marta uchrashishgan. Ular o‘rtasida o‘zaro ishonch ruhidagi do‘stona munosabatlar o‘rnatilgan», — degan Sapar Isoqov.

Almazbek Atambayev Myunxen konferensiyasida ishtirok etadi. Bu konferensiyada har yili dunyo davlatlari yetakchilari yig‘ilib, xavfsizlik masalalari va o‘zaro munosabatlarni muhokama qilishadi. Prezident bu konferensiya doirasida Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Mavzuga oid