O‘zbekiston va "Rostex" korporatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolanishi kutilmoqda
O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiya yig‘ilishida bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov O‘zbekiston va "Rostex" davlat korporatsiyasi fuqarolik yo‘nalishi bo‘yicha sanoatning yuqori texnologiya sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandum imzolash rejalashtirilayotganini ma'lum qildi.
"Kun" muxbirining xabar qilishicha, mazkur hujjatda O‘zbekistonda metallni qayta ishlash stanoklari, uskunalar va texnologik jihozlarni keng turda ishlab chiqarish bo‘yicha tomonlar hamkorligi ko‘zda tutilgan.
Zamonaviy tibbiyot uskunalari, shu jumladan kardiologik skrining tizimi, neonatal qurilmalar, chaqaloqlar uchun inkubatorlar, ingalyatsiya texnikasi, turli vaksina va dori preparatlarini ishlab chiqarishga alohida e'tibor qaratish rejalashtirilganligi ta'kidlandi.
"Ishonchim komilki, bu loyihalarning amalga oshirilishi mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytiradi.
O‘zbekiston "Rostex" davlat korporatsiyasidan o‘zaro loyihalarni moliyalashtirish va Rossiya moliya tashkilotlari — "Rossiya eksport markazi" va uning tarkibiga kiruvchi "Eskar" aksionerlik jamiyati (AJ) va "Roseksimbank" AJning mablag‘lari jalb etiladigan shartnomalar borasida aniq takliflarni kutadi", — dedi Rustam Azimov.
Mavzuga oid
19:17
Ozarboyjon samolyoti Rossiya raketasi sababli halokatga uchragan – Euronews
11:34
Qora dengizni qoplagan mazut dog‘ining koinotdan ko‘rinishi - foto
11:27
Rossiyada fuqarolar pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi
10:30