Sport | 23:28 / 17.02.2017
10935
1 daqiqa o‘qiladi

«Arsenal»da endi ahvol avvalgidek emas. Fanatlar bosh ko‘tarishdi

«Arsenal» klubi muxlislarining bir qismi YeChL doirasidagi «Bavariya»ga qarshi  1/8 finalning javob o‘yiniga (dastlabki uchrashuv — 1:5) boykot e'lon qilishga qaror qilishdi. Bu haqda The Independent nashri xabar tarqatdi.

Manba xabariga ko‘ra, Myunxendagi o‘yin boshlanishidan oldin, 7 mart kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Londondagi o‘yin chiptalari sotib tugatilgan. «Arsenal»ning yirik hisobdagi mag‘lubiyatidan keyin stadionning 18 sektorida chiptalar yana sotila boshlangani ma'lum bo‘lgan.

Qayd etilishicha, bir guruh fanatlar «Emireyts» stadioni kassalariga chiptalarni qaytarishni boshlagan. Ular shu orqali jamoaning o‘yinidan va bosh murabbiy Arsen Vengerning ishidan norozi ekanini bildirishgan.

Mavzuga oid