Sport | 21:39 / 17.02.2017
11432
1 daqiqa o‘qiladi

Mikrofon yana Ibrahimovichda. U o‘zini yana bir daho qahramonga tenglashtirdi

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich nima sababdan o‘zi o‘ynagan har bir klubida muvaffaqiyatga erishishi haqida gapirib berdi.

Ibrahimovich Yevropa ligasining 1/16 finalidan o‘rin olgan «Sent-Eten»ga qarshi dastlabki uchrashuvida het-trik qayd etdi.

«Har bir yutgan sovrinim men uchun — aqlbovar qilmas darajada. Qayerga borgan bo‘lsam — biror sovrinni qo‘lga kiritganman, shunday ekan «MYu» bilan nimadir yuta olsam, o‘zimni juda baxtiyor his qilgan bo‘lardim.

«Muxlislar ko‘p klublarda o‘ynaganim va hamma joyda bor kuchimni berib harakat qilganimni bilishadi. Men hamma joyda g‘alaba qozonaman. Xuddi Indiana Jons kabi», — deya Ibrahimovichdan iqtibos keltiradi Sky Sports.

Mavzuga oid