Jamiyat | 13:33 / 21.02.2017
17702
1 daqiqa o‘qiladi
Anjyelina Joli farzandlariga o‘rgimchakli taom tayyorlab berdi
Hollivud aktrisasi Anjyelina Joli farzandlarini o‘rgimchaklar bilan oziqlantirdi, deya xabar beradi BBC.
Joli va uning oilasi Kambojaga "Ular avval otamni o‘ldirishdi: Kamboja qizining xotiralari" hujjatli filmi premerasiga kelishgan. Safar vaqtida aktrisa va uning farzandlari mahalliy oshxona bilan tanishishdi. Xususan, Joli farzandlariga o‘rgimchaklarni qanday tayyorlashni ko‘rsatib berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, aktrisaning o‘zi Kamboja oshxonasi bilan tanish bo‘lgan. Jolining so‘zlariga ko‘ra, u Kambojaga ilk marta kelganida hashoratlarni tatib ko‘rgan. "Avval chigirtkalardan boshlaysiz. Chigirtka va pivo, keyin esa tarantulalarga o‘tasiz", - dedi u.
Mavzuga oid
17:25 / 11.03.2021
Kambojada ilk marta koronavirusdan o‘lim holati qayd etildi
14:27 / 30.11.2020
Kambojada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq ilk holatlar qayd etildi
01:25 / 13.02.2020
Koronavirus sababli rad etilayotgan kemani Kamboja qabul qilishga rozi bo‘ldi
18:54 / 27.01.2020