Jahon | 07:35 / 21.02.2017
6230
1 daqiqa o‘qiladi

Melburn yaqinida kichik samolyot savdo markaziga kelib urildi

Foto: Jason South

Avstraliyaning Melburn shahri yaqinida 5 o‘rindiqli yengil motorli samolyot savdo markazi binosiga kelib urildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.   

Mahalliy rahbarlarning ta'kidlashicha, samolyot falokatga uchrashi oqibatida qancha odam halok bo‘lgani hozircha noma'lum. 

Avstraliya politsiyasi boshlig‘i Viktoriya Liza Nevillning aytishicha, ushbu voqea odamlar orasida qurbonlarga olib keluvchi "juda" fojiali hodisadir.

Uning ta'kidlashicha, samolyot bortida 5 kishi bo‘lgan. Samolyot Avstraliyaning qit'adagi qismi va Tasmaniya shtatidagi orol o‘rtasida charter reysini amalga oshirayotgan bo‘lgan.    

Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelishgan, ular samolyot qoldiqlarini o‘chirishni boshlashgan.

Mavzuga oid