Sport | 17:37 / 22.02.2017
10575
1 daqiqa o‘qiladi

Fanatizm qurboni. Grizmann muxlisining ko‘z yosh to‘kishiga sababchi bo‘ldi

«Atletiko» hujumchisi  Antuan Grizmann o‘zining personal muxlisi bo‘lgan qizning istagini bajarmay uni qattiq ranjitdi.

Voqea «Bayyer» va «Atletiko» jamoalari o‘rtasidagi YeChL 1/8 final uchrashuvi oldidan sodir bo‘lgan.

Futbolchilar joylashgan mehmonxona yonida Grizmanni kutib turgan muxlis qiz qo‘lida uning futbolkasi bo‘lgan, qiz Grizmanndan dastxat olish istagida edi. Biroq Grizmann qizni ko‘rmaslikka olgan va binodan jo‘nab ketgan. Qizning otasi voqeani ispan jurnalistlariga so‘zlab berarkan, qizi bundan juda vaqt xafa bo‘lib, yig‘laganini, u Grizmann ko‘rish uchun 200 kilometr yo‘l bosib kelganini bildirgan.

Videoda madridliklarning boshqa bir hujumchisi Fernando Torres muxlislarga bajonidil imzo tarqatayotganini ko‘rish mumkin.

Mavzuga oid