Fan-texnika | 18:54 / 24.02.2017
8083
2 daqiqa o‘qiladi

Tibbiy texnologiya: egiluvchan sun'iy asab tolalari ixtiro qilindi

Muhandislar, kimyogarlar va neyrobiolog tadqiqotchilardan iborat yirik ilmiy guruh yangi turdagi sun'iy tolani taqdim etishdi. Medical Xpress nashrining yozishicha, bu tola miyaga optik, kimyoviy va elektr signallarni yetkazish va manzilga qaytarish xususiyatiga ega. Shu bilan birga, tola inson sochi tolasidek keladi. 

Tolaning egiluvchanligi miya to‘qimalari bilan yaxshiroq kirishish imkonini beradi. Shuningdek, zararlanmasdan tirik organizmda ko‘proq qoladi. Olimlar bu kabi tolalardan foydalanish orqali bosh miyaning turli bo‘limlari tuzilishi, ularning o‘zaro aloqasini tushunishlari osonlashadi. Yangi tola tok o‘tkazuvchi polietilenning ko‘plab qatlamlari va grafit zarralaridan yasalgan. Bunday texnologiyani qo‘llash materialning tok o‘tkazuvchanligini 5 marta oshirish va elektrodlarni taxminan shuncha marta kamaytirish imkonini beradi.

Olimlarning navbatdagi maqsadi yanada ingichka tolani ishlab chiqish bilan mahsulotni imkon qadar asab tolasiga yaqinlashtirishdir. 

Mavzuga oid