Jamiyat | 08:45 / 26.02.2017
14796
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning Yangi Orleanida avtomobil olomonni bosib ketdi

Suratlar: AP Photo/Gerald Herbert

AQShning Yangi Orlean shahrida (Luiziana shtati) avtomobilning odamlar ustiga bostirib borilishi oqibatida kamida 50 kishi jabrlandi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda. 

Avvalroq 21 kishi, jumladan politsiya xodimlari jarohatlangani ma'lum qilingan. Jabrlanganlardan eng kichigining yoshi 3 da bo‘lgan. Ulardan 12 nafari og‘ir ahvolda ekanligi ma'lum qilingandi.    

Voqea 25 fevral kechki payt shahar markazida, ikki ko‘cha kesishmasida Mardi-Gra - "katolik maslenitsa" bayrami munosabati bilan o‘tayotgan bayram paradi vaqtida yuz bergan. Bu bayram odatda bir hafta davom etadi. Bayram yorqin tomoshalar bilan o‘tadi va bu paytda unda ishtirok etgani minglab sayyohlar tashrif buyurishadi.

Mahalliy hokimiyat vakillarining ma'lum qilishicha, hujumni sodir etgan haydovchi intoksikatsiya holatida bo‘lgan. U hozirda hibsga olingan va terakt sodir etishda gumonlanmayapti.

Guvohlarning aytishicha, avtomobilni mast holatda bo‘lgan yosh yigit boshqargan. U ichida odamlar bo‘lgan bir nechta avtomobillarga urilib, trotuarga chiqib ketgan va chiqindilar bakiga urilib to‘xtagan.

Voqea haqida birinchi xabarlar AQShning Sharqiy sohili vaqti bo‘yicha 19:45da kelib tusha boshlagan.

Germaniyada haydovchi odamlarni ataylab bosib ketdi>>>

Mavzuga oid