Sport | 08:03 / 28.02.2017
6862
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Rossiyalik taniqli mutaxassis Aleksandr Borodyuk Qozog‘iston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Bu haqda QFF rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, murabbiy bilan federatsiya bilan uch yillik shartnoma imzolagan. Uning oldiga avlodlar almashuvi jarayonini yakunlash, terma jamoa tarkibini yoshartirish, mahalliy iqtidorlarni kashf qilish vazifasi qo‘yildi.

Ma'lumot uchun, ayni vaqtda, Qozog‘iston terma jamoasi JCh-2018 saralashida, o‘z guruhida 4 o‘yindan so‘ng 2 ochko jamg‘arib, so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.

Mavzuga oid