Jamiyat | 20:50 / 01.03.2017
12012
2 daqiqa o‘qiladi

Suzish havzalarida peshob mavjudligini aniqlovchi test yaratildi

Olimlar suvda qancha peshob mavjudligini ko‘rsatuvchi test ishlab chiqishdi va uni Kanada suzish havzalari misolida o‘rganishdi. Tadqiqot natijalari Environmental Science & Technology Letters jurnalida chop etildi

Test ko‘p mahsulotlar tarkibida bo‘lgan va hayotiy faoliyat chiqindilari bilan o‘zgarishsiz chiqadigan atsesulfamni aniqlashga asoslangan. 

Tadqiqot davomida Kanadadagi ikki suzish havzasi uch hafta mobaynida o‘rganildi. Ma'lum bo‘lishicha, shu vaqt ichida suzish havzalaridan birida - 75 litr, ikkinchisida esa - 30 litr peshob bo‘lgan. Tadqiqotchilar jami 31 suzish havzasini tahlil qilishdi. Ta'kidlash joizki, peshob barcha namunalarda aniqlangan - ularning tarkibidagi atsesulfam kran suvidagidan 570 karra ko‘p bo‘lgan. 

Jakuzida esa vaziyat bunda-da yomon bo‘lib chiqdi - o‘rganilgan jakuzilarning biridan eng iflos suv havzalaridan uch karra ko‘p peshob o‘tgani aniqlandi. 

Tadqiqot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu izlanishdan maqsad - suzish havzalaridagi gigiyenaga rioya qilish masalasiga jamoatchilik e'tiborini qaratish. 

Mavzuga oid