Fleming yaratgan mog‘or namunasi 15 ming dollarga yaqin baholandi
Londondagi kimoshdi savdosida deyarli 90 yil ilgari Aleksandr Fleming tomonidan hosil qilingan mog‘or namunasi 14 617 dollarga sotildi. Bu haqida NPR portali xabar berdi. Xaridor o‘z ismini sir saqlashga qaror qildi.
Namuna "ilk marta penitsillin yaratilgan mog‘or" deb yozilgan shisha idishda saqlangan. Flemingda original namuna yordamida hosil qilingan o‘nlab mog‘or namunalari bo‘lgan. "Fleming ularni muqaddas buyum kabi amaldorlar va olimlarga yo‘llardi", - deya ta'kidlaydi kimoshdi savdosi rahbari.
Rim papasi Piya XII va aktrisa Marlen Ditrixda ham mog‘orning boshqa namunalari bo‘lgan. Fleming penetsillinni tasodifan kashf qilgan - 1928 yilda bakteriyalar turgan idishga mog‘or zamburug‘i sporasi (spora - bir hujayrali jonivorlarning urchish organi) tushadi va ularning bakteriyalarni yo‘q qilishga qodirligi ma'lum bo‘ladi. Penitsillin birinchi antibiotik bo‘lgan va tibbiyot rivojiga ulkan ta'sir ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
23:25 / 13.12.2024
Londonda 300 metrli ofis binosini qurishga ruxsat berildi
17:33 / 02.12.2024
Yana London - dunyoning eng yaxshi shaharlari e’lon qilindi
11:15 / 29.11.2024
Londondagi sudda ikki bolgar RF uchun josuslik qilganini tan oldi
12:52 / 26.11.2024