Jamiyat | 16:58 / 02.03.2017
15268
1 daqiqa o‘qiladi

Odam savdosi mavzusiga bag‘ishlangan yangi o‘zbek filmining taqdimoti o‘tkazildi

Toshkentning Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida “Isnod” badiiy filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Unda film ijodkorlari, san'atshunos olimlar, talaba-yoshlar hamda jurnalistlar ishtirok etdi. 

Film “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan “O‘zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan. 

Odam savdosi asrimizning global muammolaridan. Kinokartinada sodda qizlarni aldab, chet ellarga sotib yuborish holatlari telejurnalist Jamilaning sa'y-harakatlari samarasida fosh etiladi. 

Stsenariy muallifi hamda postanovkachi rejissyorlar – Rixsivoy Muhammadjonov, Abduvohid G‘aniyev. Filmdagi asosiy rollarni Dilnoza Kubayeva, Shohrux Hamdamov, Bahora Arslonova, Shahzoda Matchonova, Ra'no Shodiyeva, Feruza Mustafoyeva ijro etgan. 

Taqdimotda ishtirokchilarning savollariga ijodkorlar javob qaytardi.

Mavzuga oid