Fan-texnika | 17:13 / 02.03.2017
4601
2 daqiqa o‘qiladi

Yahoo prezidenti xakerlar sabab yirik mukofot pulidan mahrum bo‘ldi

Yahoo kompaniyasining prezidenti va ijrochi direktori Marissa Mayyer 2 million dollarlik mukofot pulidan mahrum bo‘ldi. Bunga xakerlarning internet-foydalanuvchilar akkauntlarini buzib kirganliklari sabab bo‘lgan. Bu haqida AP nashri kompaniyaning ichki tergoviga oid hisobotiga asoslanib xabar berdi. 

Kompaniyaning direktorlar kengashi 2014 yilda rahbariyat foydalanuvchilarni ularning akkauntlari buzib kirilganidan boxabar qilmagani uchun shunday qaror qabul qildi. Manbaga ko‘ra, xakerlar 1 milliarddan ortiq foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotiga buzib kirishgan. Kompaniya mazkur mojaro tufayli 350 million dollar yo‘qotdi. 

Tergov davomida kompaniyaning bosh huquqiy maslahatchisi Ronald Bell o‘z vaqtida chora ko‘rmagani uchun pulli kompensatsiyasiz ishdan bo‘shatilgan. Yahoo'ning xavfsizlik xizmati rahbari Aleks Stamos kompaniyani 2015 yilda tark etgan. 

Amerikaning Yahoo kompaniyasiga 1994 yilda asos solingan. Kompaniyaning qidiruv tizimi dunyodagi eng mashhur qidiruv tizimlaridan biri hisoblanadi. 

 

Mavzuga oid