Jahon | 23:22 / 05.03.2017
12676
2 daqiqa o‘qiladi

Google xaritalarida King-Kong yashaydigan orol paydo bo‘ldi

Google Maps xizmati xaritalarida maymunsimon maxluq haqidagi afsonaviy filmlar bosh qahramoni King-Kong yashaydigan xayoliy Bosh suyagi oroli paydo bo‘ldi. 

Obekt go‘yoki Tinch okeanining janubiy qismida joylashgan. Foydalanuvchilar unga izohlar qoldirishlari, xaritada mavjud bo‘lmagan nuqtani besh ballik shkala bo‘yicha baholashlari va fotosuratlar ilova qilishlari mumkin. Ayni vaqtgacha bu orol 6,5 mingga yaqin izoh to‘plagan. "Katta maymunga ovqat berish uchun ataylab keldim va o‘zim bilan xo‘jayinimni olvoldim. O‘ylaymanki, u juda bo‘lmasa kimgadir yoqar, jilla bo‘lsa mazasi bilan", deb o‘z xo‘jayini ustidan hazil qilgan Slava Post taxallusli foydalanuvchi.

Ta'kidlanishicha, orolning reytingi 3,6 ballni tashkil qilgan.

Maymunsimon mahluq King-Kong amerikalik ssenariychi va rejissyor Merian Kuper tomonidan o‘ylab topilgan va 1933 yilda birinchi marta shu nomdagi filmda paydo bo‘lgan.

Mavzuga oid