Jahon | 08:00 / 06.03.2017
4899
1 daqiqa o‘qiladi

Fiyon o‘z nomzodini prezidentlik saylovlaridan olmasligini aytdi

Fransiya prezidenti lavozimiga "Respublikachilar" partiyasidan nomzod Fransua Fiyon France 2 efirida prezidentlik saylovlaridan o‘z nomzodini olmasligini aytgan.

"Hech kim menga saylovlarda ishtirok etishimga xalaqit qila olmaydi", deb aytgan Fiyon  va o‘z nomzodini olishga asoslar yo‘qligini ta'kidlab o‘tgan. 

Fiyon, shuningdek, nomzod sifatida demokratik yo‘l bilan tanlanganini va u partiya bo‘yicha safdoshlarini o‘zining saylovoldi loyihasi saylovchilar orasida muvaffaqiyat qozonishiga ishontira olishiga umid bildirgan.  

Avvalroq "Respublikachilar" partiyasi Fiyon rafiqasi  Penelopaning ishlashi haqidagi soxta ma'lumotlar aniqlanishi oqibatida yuzaga kelgan mojaro sababli uning nomzodi o‘rniga boshqa nomzodni taklif qilishlari ma'lum qilingandi.   

Mavzuga oid