Jahon | 16:25 / 07.03.2017
6554
1 daqiqa o‘qiladi

Alp tog‘laridagi kurortga qor ko‘chkisi yopirildi

Foto: AFP

Frantsuz Alp tog‘larida joylashgan Tin kurortiga kuchli qor ko‘chkisi yopirildi. 

The Local xabariga ko‘ra, tabiiy ofat ro‘y bergan vaqtda hududda ko‘plab kishilar bo‘lgan. Qor ko‘chkisi kuchi «ko‘k» darajada (o‘rta) baholangan.

Qor ko‘chkisi tufayli bir qancha chang‘ichilar tashqi dunyodan uzilib qolgan, ularning soni aniqlashtirilmoqda. Kurort yopilgan va hududda qutqaruv amaliyoti o‘tkazilmoqda.

«Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qor ostida ko‘plab kishilar qolib ketgan», — deya ma'lumot bergan mahalliy jandarmeriya vakili.

Hududga Kursheveldan qo‘shimcha qutqaruvchilar yo‘llangan, yomon ob-havo sharoiti tufayli vertolyotlar havoga ko‘tarila olmayapti.

Bundan oldinroq, Shveytsariyada kuchli zilzila sodir bo‘lgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid