Jamiyat | 08:17 / 07.03.2017
13755
2 daqiqa o‘qiladi

Fotofakt: Taylandda toshbaqa oshqozonidan besh kilogramm tanga olishdi

Foto: Reuters

Bangkokdagi Chulalongkorn universiteti veterinariya kafedrasi xodimlari Yig‘uvchi deb nom berishgan toshbaqa oshqozonidan besh kg tanga chiqarib olishdi. Bu haqda Bangkok Post nashri yozmoqda.

Sunday World nashri ma'lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli urg‘ochi dengiz toshbaqasi 915 dona tangani yutishning uddasidan chiqqan. Jarrohlik amaliyoti 4 soat davom etgan. «Uning shunchalik ko‘p miqdordagi tangalarni qanday yutganini tasavvur qilish qiyin», —deydi veterinar Pasakorn Briksvana. Uning so‘zlariga ko‘ra, u bu kabi holatga ilk marta duch kelgan. 

Hayvon bir hafta veterinarlar ko‘rigida qoladi, shundan so‘ng, dengiz toshbaqalari bog‘i – Sea Turtle Conservation Center ixtiyoriga yuboriladi. 

Ko‘plab xorijlik sayyohlar Taylandga yana qaytish istagida ayrim gap-so‘zlarga ishonib, toshbaqalarga tangalar tashlashadi. Mahalliy aholi uzoq umr ko‘rish niyatida shunday qilishadi. 

Mavzuga oid