Fan-texnika | 15:56 / 07.03.2017
9964
2 daqiqa o‘qiladi

«Mersedes» «Panamera» raqobatchisini yaratdi

«Mersedes» Jyeneva avtosalonida Mercedes-AMG GT Concept nomi ostidagi gibridli nusxasini namoyish etdi. U yaqin orada seriyada paydo bo‘ladi va Porsche Panamera’ga raqobatchi bo‘lishi kerak. Yangilik «EQ Power+» belgisini olgan ilk fuqarolik avtomobiliga aylandi. Kelajakda Mercedes-AMG’dagi barcha «zaryadlangan» gibridlar shunday nomlanadi.

To‘rt eshikli va to‘rt o‘rinli mashina S- va Ye-Klassda ishlatiluvchi MRA shassisining modernizatsiya qilingan nusxasida yaratildi. Besh metrli avtomobil 805-kuchli gibridli kuch qurilmasi bilan jihozlangan. Uning tarkibidan to‘rt litrli «sakkiztalik» benzin biturbosi, orqa o‘qda joylashgan elektromotor va «o‘ta kuchli hamda yengil» batareyalar majmuasi o‘rin oldi.

Bunday avtomobil soatiga 100 kilometr tezlikka uch soniyadan kamroq vaqtda yetishi mumkin. Shu bilan birga, kompaniya akkumulyatorlar jihatlari va elektrotortishdagi yurish zaxirasiga oydinlik kiritmadi. Batareyalar rekuperatsiya tizimi yordamida quvvat olishi mumkin.

Kuzov to‘siqlari elementlarining katta qismi (jumladan diffuzor, spoylerlar va kuzov ostonasi), shuningdek tom va old o‘rindiqlar karbondan qilingan. Bundan tashqari, avtomobil karbon-keramik tormoz va orqa ko‘rinish ko‘zgularining o‘rniga kameralarga ega bo‘lgan.

Bunday avtomobil seriyada 2018 yilda paydo bo‘ladi.

Mavzuga oid