AQShda poyezdning avtobusga kelib urilishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
AQShning Missisipi shtatida yuk poyezdining avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiya boshlig‘i Jon Millerga iqtibos keltirgan holda WLOX nashri xabar bermoqda.
Millerning ma'lum qilishicha, voqea AQSh vaqti bilan 7 mart soat 14:15da Biloksi shahridagi temiyr yo‘l pereyezdida yuz bergan.
Uning ta'kidlashicha, avtobus Texas shtatidagi Ostin shahridan kelayotgan bo‘lgan, uning ichida aksariyatini keksa yoshlilar tashkil qilgan 50 yo‘lovchi bo‘lgan.
Guvohlarning aytishicha, avtobus temir yo‘l relslaridan o‘tish vaqtida to‘xtab qolgan. Biroq Miller buni tasdiqlamagan. Poyezd avtobus bilan to‘qnashgandan keyin uni yana bir necha metrga surib borgan. Avtohalokat sabablari hozircha noma'lum.
O‘t o‘chiruvchilar avtobusning ichidagi odamlarni oynalardan chiqarib olishlariga to‘g‘ri kelgan. Yana 35 kishi jarohat olgan va ular shifoxonalarga yetkazilganlar.
Yuk poyezdi 27 ta yuklangan va 25 ta bo‘sh vagondan iborat bo‘lgan, u Yangi Orlean shahridan Alabama shtatiga kelayotgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024