Jamiyat | 16:40 / 08.03.2017
13797
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Ozodlik haykalida chiroq o‘chdi

7 mart kuni kechqurun Nyu-York shahridagi Ozodlik haykalini yoritib turgan elektr chiroqlarining aksar qismi o‘chib qoldi. Tvitter foydalanuvchilari bu hodisaga siyosiy tus berishgan.

«Agar Ozodlik haykalida chiroqni immigratsiya siyosatiga norozilik belgisi sifatida o‘chirgan bo‘lishsa, bu ajoyib», degan ulardan biri.

Yana ba'zilar buni 8 mart kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan marshning bir qismi deb baholashgan.

«CNN Ozodlik haykalida chiroq o‘chirilishi haqida xabar bergandi. #ADayWithoutWomen ancha erta boshlandi», deyilgan tvitlardan birida.

Ammo ushbu yodgorlik joylashgan Milliy xiyobon xizmati bu texnik nosozlik tufayli ro‘y berganini ma'lum qildi.

Mavzuga oid