Fan-texnika | 12:34 / 10.03.2017
25533
1 daqiqa o‘qiladi

Brabus o‘zining eng yo‘ltanlamas modelini taqdim etdi

Germaniyaning Brabus tyuning atelesi Jyenevadagi avtoko‘rgazmada Mercedes-Benz G500 4×4² yo‘ltanlamasining o‘z namunasini taqdim etdi. U Brabus 550 Adventure 4×4²deb nomlandi. Kuchaytirilgan V8 dvigatelining kuchi 550 ot kuchiga tengdir. Mercedes-Benz G500 4×4² bu borada unchalik ham faxrlana olmaydi. Uning motori 422 ot kuchiga teng. 

Brabus 550 Adventure 4×4² 6,7 soniyada «yuz»ga chiqadi. Uning eng yuqori tezligi elektronika vositasida soatiga 210 km bilan chegaralangan. 

Ateleda ishlab chiqilgan yo‘ltanlamas noqulay yo‘llarda harakatlanish uchun aksessuarlar to‘plamiga ham ega bo‘lgan. 

Brabus 550 Adventure 4×4² mashinasining narxi 193 ming 420 yevro etib belgilangan. 

Mavzuga oid