Ozarboyjonda pensiya yoshi oshirildi
Ozarboyjon milliy mejlisi (parlament) 10 mart kuni "Mehnat pensiyalari to‘g‘risida"gi qonunga ayollar va erkaklar uchun pensiya yoshini 65 yoshgacha oshirishni ko‘zda tutuvchi tuzatishlarni qabul qildi.
"Erkaklar uchun pensiya yoshining 63 dan 65 yoshga va ayollar uchun 60 dan 65 yoshga ko‘tarilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi", deb ma'lum qildi parlament yig‘ilishida Ozarboyjon mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri o‘rinbosari Idris Isayev. Uning aytishicha, qabul qilingan tuzatishlarga muvofiq, erkaklar uchun pensiya yoshi 2017 yil 1 yanvardan yiliga 6 oydan 2021 yil 1 yanvargacha, ayollar uchun 2027 yil 1 yanvargacha oshirib boriladi.
Ayni vaqtda Ozarboyjonda erkaklar uchun pensiya yoshi 63 yoshni, ayollar uchun 60 yoshni tashkil qiladi.
Tuzatishlarga ko‘ra, 2017 yil 1 yanvardan mamlakatda minimal mehnat pensiyasi miqdori 110 manat (63 dollar) miqdorida belgilangan.
Mavzuga oid
21:32 / 25.12.2024
Azerbaijan Airlines samolyotining Qozog‘istondagi halokatida 38 kishi vafot etdi
21:10 / 25.12.2024
Azerbaijan Airlines Bokudan Grozniy va Mahachqal’aga uchadigan reyslarini to‘xtatdi
20:54 / 25.12.2024
Qozog‘istonda halokatga uchragan samolyot yerdan urib tushirilgani haqida taxminlar yangramoqda
16:16 / 24.12.2024