Jahon | 08:36 / 11.03.2017
6227
1 daqiqa o‘qiladi

Yamanda koalitsiya aviazarbasi oqibatida 20 fuqaro halok bo‘ldi

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning Yaman g‘arbida bergan aviazarbasi oqibatida 20 fuqaro hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

Zarba Kxuka shahri yaqinida o‘rnashib olgan ayirmachilar pozitsiyalariga qaratilgan bo‘lgan. Biroq ular odamlar bilan gavjum bo‘lgan mahalliy bozor tomon yo‘nala boshlashgan. Buning oqibatida bozorning bir qismi zarbaga uchragan va tinch aholi vakillari jabr ko‘rgan.

Ma'lum qilinishicha, ayirmachilardan 6 jangari halok bo‘lgan. 

Mavzuga oid