Fan-texnika | 09:07 / 14.03.2017
106957
2 daqiqa o‘qiladi

"PHARM PHONE" - Qulaylikdan bexabar qolmang!

Diqqat! Yangi ilova! Qulaylikdan bexabar qolmang!

Axborot texnologiyalar sohasida ancha muvaffaqiyatlarga erishayotgan kompaniya Yurtdoshlarimiz uchun ajoyib tuhfa hozirladi. Rivojlanishning bir necha bosqichini o‘z ichiga olgan ushbu yangilik PHARM PHONE: iOS va Android tizimlarida ishlaydigan ilovadir. Uning afzalligi istagan kishi bir zumda o‘zi uchun kerakli dori darmonni va tibbiy xizmatlarni yaqin o‘rtada joylashgan dorixona va shifoxonalarning qaysi birida borligi, bahosi va miqdorini bilib oladi. Bunda ba'zi texnik va ijtimoiy jarayonlarni hisobga olib tizimning ishlashi 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1. Agar sizning O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritadigan dorixona, shifoxona, farmatsevtik korxona yoki tibbiyot muassasangiz bo‘lsa, mos ravishda o‘z yo‘nalishingiz bo‘yicha ro‘yxatdan o‘ting. Bunda ilovadagi "MUASSASA RAHBARI" bo‘limini to‘ldirib, so‘ralgan ma'lumotlarni taqdim etish kifoya. 26-martga qadar xalqimiz salomatligiga befarq bo‘lmagan tibbiyot sohasi vakillarini bu jarayonda faol ishtirok etishlariga umid bildirib qolamiz!

2. Kerakli ma'lumotlar shakllantirilgandan so‘ng, talabchan foydalanuvchilarimiz o‘zlarini va yaqinlarini qiziqtirgan savollarga (dori-darmon narxlari, tibbiy xizmatlar, tashxis natijalari va hokazo) telefon qo‘ng‘irog‘i yoki onlayn-chat orqali tez va oson javob olishlari mumkin bo‘ladi! Buning uchun iOS va Android ilovalarni yuklab olishlari kifoya.

3. Qiziquvchan va o‘z sog‘lig‘i uchun befarq bo‘lmagan barcha yurtdoshlarimiz uchun yagona tizim ma'lumotlar xaritasi bosqichma-bosqich shakllantirilgandan so‘ng "Shaxsiy Oyna" xizmatlarida yuqoridagi barcha faoliyatimiz hamda ambulatoriya-poliklinika xizmatlarining mukammal virtual loyihasi taqdim etiladi. 

Mobil ilovani yuklab olish:

PHARM PHONE XALQIMIZGA SALOMATLIK TILAYDI!

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid