Jamiyat | 19:20 / 14.03.2017
25998
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik biologlar kartoshkani serhosil qilish yo‘lini topdilar

Rossiya Fanlar akademiyasi biologlari kartoshkaning hosildorligini ancha oshirishning yo‘lini aniqladilar. Bunga kartoshkani ko‘proq auksin – kartoshka tuganaklari hujayralarini o‘sishga majburlovchi fitogormon ishlab chiqarishga majburlash bilan erishish mumkin. Bu haqda Plant Cell Reports nashridagi maqolada aytilgan.

O‘simliklar hayotini hayvonlarniki kabi o‘ziga xos gormon-moddalar boshqarib, ularning turli hujayralar va to‘qimalarga tushishi ularga qachon o‘sishi, qachon gullashi, hosil berishi va boshqa muhim vazifalarni bajarishi kerakligini "aytib turadi". Olimlar o‘simliklarning o‘sishini tezlashtirish yoki ularni cho‘l yoki Arktika iqlimiga moslashtirish uchun bunday gormonlar va ular bilan bog‘liq genlarni topishga harakat qiladilar. 

O‘tgan yili Rossiya O‘simliklar fiziologiyasi instituti olimlari va ularning Rossiya Fanlar akademiyasi bioorganik kimyo institutidan hamkasblari tuganaklari hujayralari auksin – o‘simliklar o‘sishi gormoni ajratib chiqaruvchi gen-modifikatsiyalashgan kartoshkaning ilk navini yaratdilar. Bu genning molekulalarini yig‘ishga javob beruvchi gen o‘simliklarda auksin yordamida saraton keltirib chiqaruvchi ekzotik bakteriyalar DNKsidan ajratib olindi. 

Olimlar bu kartoshka navining hujayralari ishi qanday o‘zgarganini o‘rganib chiqishdi va kartoshka hosildorligi haqiqatan ham oshganligi va bu o‘sish nima bilan bog‘langanini tekshirib ko‘rishdi. Buning uchun olimlar oddiy va transgen kartoshkalarning hujayralarida qanday gormonlar borligini taqqoslashdi va ular probirkada katta miqdorda auksin va uning aksi – hujayralar bo‘linishi gormoni bo‘lgan tsitokinin paydo bo‘lishiga qanday munosabat bildirishini kuzatdilar.

Aniqlanishicha, kartoshka hujayralarida bu ikki gormonning nafaqat darajasi, balki hujayralar bu gormonlar molekulalarining paydo bo‘lishiga qanday javob berganlari ham turlicha bo‘lgan. Transgen kartoshkada boshqa gormonlarga reaksiya o‘zgarmagan.

Aynan shu holat kartoshkaning hosildorligini aynan auksin geni qo‘shilishi oshirganini tasdiqlagan.

Olimlarning umid qilishlaricha, bu kartoshka navi hamda auksin va tsitokinin o‘simliklar hujayralari o‘sishini boshqarishining keyingi o‘rganilishi kartoshka va qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining juda tez o‘suvchi yoki eng og‘ir ob-havo sharoitlariga ham bardoshli yangi navlarini olishga imkon beradi.

Mavzuga oid