Fan-texnika | 23:20 / 15.03.2017
7441
2 daqiqa o‘qiladi

Jaguar ilk elektr krossoverini taqdim qildi

Jaguar kompaniyasi o‘zining ilk elektr krossoveri I-Pace’ning seriyali tarzda ishlab chiqariladigan versiyasini joriy yil oxirigacha taqdim qiladi. Ingliz markasining matbuot xizmati bergan xabarda ushbu modeldagi avtomobillar 2018 yil ikkinchi yarmidan boshlab sotilishi aytilgan. Jaguar I-Pace’ning asosiy raqobatchisi Tesla Model X krossoveri bo‘ladi. Avtomobil Avstriyadagi Magna Steyr zavodida yig‘iladi. 

"Bu model ustida ishlash davomida biz an'anaviy qoidalarga qarshi borib, superkar tashqi ko‘rinishiga, sportkar dinamikasi va elektr privodga ega avtomobil yaratdik", deb aytgan Jaguar’ning dizayn bo‘yicha direktori Yan Kallum.

Ayni vaqtda Jaguar krossoverni London ko‘chalarida sinovdan o‘tkazdi. Prototipning uzunligi 4680 millimetrni, eni 1890 millimetrni tashkil qiladi. G‘ildiraklar bazasi 2990 millimetrga teng. Avtomobil ikkita yukxona (530 litrli orqa va 28 litrli old), yo‘g‘on g‘ildiraklar arkasi, diffuzor va 23 dyuymli g‘ildirak disklari bilan jihozlangan. Mashinaning seriyali tarzda ishlab chiqariluvchi versiyasi kontseptdan deyarli farq qilmaydi.   

Mavzuga oid