Rossiyalik polvon 312 tonnalik port kranini joyidan siljitdi
Rossiyaning Uzoq Sharq o‘lkasining pauerlifting va og‘ir atletika bo‘yicha chempioni Ivan Savkin 19 mart kuni og‘irligi 312 tonna keladigan port kranini joyidan siljita oldi.
Sportchining aytishicha, u kranni ikkinchi urinishda 1,5 metrga siljita olgan.
Ushbu aksiya Primore o‘lkasining Livadiya posyolkasidagi kemalarni ta'mirlash zavodi hududida o‘tgan. Zavod xodimlari, mahalliy aholi va jurnalistlar rekordning o‘rnatilishi guvohi bo‘ldilar.
Savkin yoshligini Qrimning Yaltasida o‘tkazgan.
"Yalta yaqinida Livadiya posyolkasi bor. Bizning rekord Primorening shu nomdagi posyolkasida o‘rnatilgani o‘ziga xos voqea bo‘ldi", deb aytgan Savkin.
Savkin o‘z faoliyati davomida ko‘p tonnalik aerobus, parom, teplovoz, "Osa" zenit-raketa majmuasi, T-34 va T-54B tanklarini joyidan siljita olgan.
Mavzuga oid
19:17 / 26.12.2024
Ozarboyjon samolyoti Rossiya raketasi sababli halokatga uchragan – Euronews
11:34 / 26.12.2024
Qora dengizni qoplagan mazut dog‘ining koinotdan ko‘rinishi - foto
11:27 / 26.12.2024
Rossiyada fuqarolar pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi
10:30 / 26.12.2024