II turdagi diabetni to‘rt oyda davolash mumkinligi ma'lum bo‘ldi
Kaloriyalarni kamaytirish hamda glyukoza miqdorini nazoratda saqlash hisobiga II turdagi diabetni atigi to‘rt oy ichida bartaraf qilish mumkin. Bu haqida yangi tadqiqotlar natijasiga asoslanib, Hi-News ma'lum qildi.
Tadqiqot test sinovidagi har bir ishtirokchi uchun shaxsiy mashqlar dasturini yaratish va kaloriyalarni kuniga 500-750 ga kamaytirishni o‘z ichiga oladi. Ishtirokchilar shuningdek tadqiqotning borishini kuzatgan hamshira va parhezshunoslar bilan muntazam aloqada bo‘lishgan va qondagi qand miqdorini nazorat qilish uchun dorilar va insulinni qabul qilishda davom etishgan.
Atigi to‘rt oy o‘tgach, 40 foiz bemor dori qabul qilishni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan, chunki ularning organizmi yana yetarli darajada insulin ishlab chiqara boshlagan.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, dasturning ish berishiga insulin ishlab chiqaruvchi oshqozon osti beziga "orom berish va organizmdagi yog‘ zaxiralarini kamaytirishi" sabab bo‘lgan, zero bu insulin ishlab chiqarish va uning samaradorligini yaxshilaydi.
Ontariodagi MakMaster universiteti olimi doktor Nataliya Makinnes shunday deydi: "Bu tadqiqot diabetdan davolanish paradigmasini o‘zgartirishi mumkin - oddiy glyukoza nazoratidan to remissiya chaqiruvchi yondashuvgacha, keyin esa kasallikning barcha belgilari bo‘yicha bemorlarni nazorat qilamiz".
Kardiff universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada II turdagi diabet bilan kasallanganlar soni 700 mingdan (90-yillardagi ko‘rsatkich) 2,8 millionga (bugungi ko‘rsatkich) ko‘paygan.
Diabetning II turi inson organizmi kerakli miqdorda insulin (hujayralarga qondagi glyukozani tortib olishga imkon beruvchi gormon) ishlab chiqarmagan yoki ishlab chiqariluvchi insulin noto‘g‘ri ishlagan paytda paydo bo‘ladi. Bu esa buyrak kasalliklari, ko‘zi ojizlik, yuqori falaj va yurak xuruji xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
Mavzuga oid
00:10
Sun’iy intellekt diabet rivojlanish xavfini o‘nlab yillar oldin aniqlashga yordam beradi
14:42 / 05.12.2024
Qora shokolad 2-tur qandli diabet xavfini pasaytirishi mumkin - tadqiqot
13:42 / 02.12.2024
Dunyoda 800 milliondan ortiq odam diabetdan azob chekadi - tadqiqot
22:27 / 30.09.2024