Sport | 08:38 / 21.03.2017
5420
1 daqiqa o‘qiladi

«Roma» Tottiga 6 yillik shartnoma taklif qildi

«Roma» prezidenti Jyeyms Pallotta klub jamoa hujumchisi Franchesko Tottiga klub direktorligida 6 yillik shartnoma tayyorlab qo‘yganini ma'lum qildi.

«Biz Totti bilan uning futbolchilik faoliyatidagi kelajagi haqida gaplashmadik, biroq unda biz bilan 6 yillik shartnoma imzolash va klub direktori bo‘lishi taklifi bor», – dedi Pallotta. 

40 yoshli futbolchining «Roma» bilan shartnomasi joriy yilning yozida yakunlanadi.

Mavzuga oid