Fan-texnika | 18:39 / 21.03.2017
5777
2 daqiqa o‘qiladi

Samsonite o‘z yuklarini o‘g‘irlikdan himoyalaydi

Amerikaning Samsonite chamadonlari ishlab chiqaruvchisi Vodafone mobil operatori bilan hamkorlikda yangi maxsus qurilmasini namoyish etdi. Yuk joyini aniqlashga yordam beruvchi qurilmaning nomi - Track&Go. Bu haqida 21 mart kuni "Lenta.ru" nashrida ma'lum qilindi. 

Track&Go ikki tamoyilga asoslanadi: yukning yaqinlashgani va geolokatsiyasi haqida xabar berish. Maxsus xabarlar tufayli inson o‘z yukining diapazondan chiqishi haqida signal olib, smartfonidan uni nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Samsonite kompaniyasi 1910 yilda Denver (AQSh)da tashkil topgan bo‘lib, u sumka, portfel va boshqa yuk tashuvchi moslamalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 

2017 yilning yanvar oyida kompaniya sumka va portfellarining yangi kolleksiyasini namoyish qildi. Unga qora va jigarrangdagi Equinox klassik modeli, shuningdek dolzarb trendlar va vintajni birlashtirgan West Harbor yangi lineykasi kiritilgan. Yana bir yangilik - planshet va noutbuk uchun maxsus bo‘limlari bo‘lgan Sygnum.

 

Mavzuga oid