Sport | 00:06 / 22.03.2017
8498
1 daqiqa o‘qiladi

Afrikaning eng nomdor terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Belgiya sobiq bosh murabbiyi Mark Vilmots Kot-d′Ivuar terma jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlandi. Bu haqda Ivuar futbol federatsiyasi xabar tarqatdi.

Bungacha Vilmots Belgiya terma jamoasini boshqarib borgandi. U terma jamoada to‘rt yil davomida ish olib borgan va Yevro-2016dan so‘ng iste'foga chiqarilgandi.

Yaqin kunlarda Kot-d′Ivuar terma jamoasi Rossiya va Senegal terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushsa, avgustdan boshlab JCh-2018 saralash bosqich o‘yinlarini davom ettiradi.

Mavzuga oid