Jahon | 15:00 / 23.03.2017
17635
2 daqiqa o‘qiladi

Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyev Orol muammosini muhokama qildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari uchrashuv vaqtida Orol dengizi bilan bog‘liq vaziyat xususida to‘xtalib o‘tishdi. Bu haqda «Kazinform» xabar bermoqda.

Nazarboyev daryolardan aql bilan foydalanish muhimligini qayd etib o‘tgan.

«Muzokaralar chog‘ida suv—energetika kompleksi masalalariga alohida e'tibor qaratdik. Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolari suv resurslari umumiy boylik ekani yana bir bor tasdiqlandi. Mintaqamizdagi barqarorlik, farovonlik, mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, millionlab kishilar taqdiri daryolardan qanchalik oqilona foydalanishimizga bog‘liq. Mintaqadagi davlatlarning suvdan foydalanish istagini juda yaxshi tushunamiz, bu jarayonda ishtirok etishga ham tayyormiz. Biroq bundan daryolarning quyi qismidagi boshqa davlatlar zarar ko‘rmasligi kerak», degan Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar yakunida.

Qozog‘iston prezidenti Orol dengizi muammosiga alohida to‘xtalgan.

«Biz Orol dengizi atrofidagi vaziyatni muhokama qildik va yana bir bor Orolni qutqarish xalqaro fondi muammo yechimini topish, davlatlarimiz o‘rtasida bu boradagi aloqalarda asosiy platforma ekanligi haqida yakdil fikrga keldik», deya yakunlagan Nursulton Nazarboyev.

Mavzuga oid