Jahon | 16:53 / 24.03.2017
14191
1 daqiqa o‘qiladi

Husni Muborak uyiga qaytdi

Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak 6 yillik qamoqdan keyin harbiy gospitalni tark etdi va Maadi tumanidagi uyiga qaytdi. Bu ma'lumot uning advokati Farid ad-Dib tomonidan tasdiqlangan.

Mart oyi boshida Misr sudi 2011 yilgi isyon vaqtida namoyishchilarning o‘limida aybdor emas deb topdi va u oqlangandi.

Muborakni gospital oldida oila a'zolari va advokat kutib olgan.

"U oilasi va do‘stlari davrasida ovqatlandi", deya hikoya qiladi ad-Dib.

Muborak 2011 yildan buyon hibsda bo‘lib kelayotgandi. 2012 yilda Muhammad Mursiy rahbarligidagi "Birodar musulmonlar" hokimiyatni qo‘lga olganida hibs qilingandi. Sobiq prezident avvaliga umrbod qamoq jazosiga mahkum etiladi, ammo 2014 yilda hokimiyat yana almashgach, uni oqlashadi. 2016 yili Muborak va uning oila a'zolari korrupsiyada ayblangandi.

Mavzuga oid