Jahon | 08:21 / 27.03.2017
5396
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyaga kuchli siklon yaqinlashmoqda

Avstraliya hukumati mamlakatga "Debbi" sikloni yaqinlashayotgani sababli shimolda joylashgan Kvinslend shtatining minglab aholisini evakuatsiya qilishni boshladi. Bu haqda ABC telekanali xabar bermoqda.    

Meteorologik byuro prognozlariga ko‘ra, bo‘ron 2011 yilda mamlakat "Yasi" tropik sikloniga uchragandan keyin eng kuchlisi bo‘lishi mumkin.

Tsiklonga 2-toifa berilgan. 28 mart ertalabga yaqin u 4-toifagacha kuchayib, shamol tezligi 300 km/soatgacha yetishi mumkin.

 

Mavzuga oid