Isroil kompaniyasi birinchi bo‘lib avtomatlashtirilgan dron yaratganini ma'lum qildi
Isroilning aviatexnika ishlab chiqaruvchi Airobotics kompaniyasi foydali yukni olib yurish imkoniyatiga ega, dunyodagi birinchi avtomatlashtirilgan dronni yaratish dasturini ma'lum qildi. Bu haqda "Voyennoye obozreniye" juronali xabar bermoqda.
Kompaniya Optimus deb nomlangan, maksimal tezligi 36 km/soat bo‘lgan va yarim soat ichida bir kilogrammlik yukni tashish imkoniyatiga ega dronni yaratdi.
Kompaniyada ta'kidlanishicha, u ushbu dron haqiqatan ham operator ishtirokisiz vazifalarni bajara oluvchi dunyodagi birinchi dron ekanligi haqida sertifikat olgan.
Dronning og‘irligi 7,5 kg bo‘lib, unga dasturiy ta'minot tashuvchisi va dok-stansiya ilova qilinadi. Dastur orqali dronga yuboriluvchi signallar u yoki bu vazifani bajarishda operator vazifasini amalga oshiradi. Dasturning segmentlaridan biri navigatsion tizimidir.
Dronni foto va suratga olish qurilmasi, turli datchik va hattoki lazer bilan jihozlash mumkin. U, shuningdek, kutilmagan vaziyatda yerga qo‘nish uchun kichik parashyut bilan jihozlangan.
Mavzuga oid
15:21
Isroil HHK qo‘mondoni Yamandagi husiychilarga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qildi
14:07 / 25.12.2024
Isroilda favqulodda holat yana bir yilga uzaytirildi
16:05 / 24.12.2024
«Mossad» xodimlari «Hizbulloh» peyjerlari va ratsiyalarini portlatish amaliyoti qanday tayyorlanganini aytib berishdi
12:01 / 24.12.2024