Jahon | 02:29 / 06.04.2017
9492
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Idlibdagi kimyoviy hujum bo‘yicha o‘z rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi

Rossiya BMT Xavsizlik Kengashiga Suriyaning Idlib viloyatida ro‘y bergan kimyoviy qurol hujumini ustidan surishtiruv olib borish uchun o‘zi rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi, — deb xabar beradi RIA «Novosti» Rossiyaning BMT qoshidagi doimiy vakolatxonasiga asoslanib.

«Biz o‘zimizning, puxta tayyorlangan, faktlar aniqlangunga qadar aybdorlar belgilanib bo‘linadigan emas, surishtiruv ishlarini haqqoniy olib borishga qaratilgan qisqa loyihamizni tavsiya etdik», — degan Rossiya missiyasi matbuot kotibi Fyodor Strjijovskiy.

Diplomatning bildirishicha, ushbu masala yuzasidan maslahatlashuvlar allaqachon boshlab yuborilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, maslahatlashuvlarning navbatdagi bosqichi keyinroq, murosaga keltiruvchi loyiha tayyor bo‘lgach boshlanadi.

Ilgariroq BMT Xavfsizlik Kengashiga kimyoviy hujum bo‘yicha o‘z rezolyutsiya loyihalarini AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya ham kiritgan. Hujjat Idlibda kimyoviy quroldan foydalanilganlikni qoralaydi va Suriya hukumati oldiga bir qancha talablar qo‘yadi, jumladan, harbiy aviabazalarga kirishga ruxsat berishni talab qiladi.

Mavzuga oid