Jahon | 07:36 / 10.04.2017
7961
1 daqiqa o‘qiladi
Amerikalik senator Suriyaga yana 6 ming harbiy yuborishni taklif qildi
AQShning Janubiy Karolina shtatidan senator Lindsi Grem Suriyaga terrorchilik bilan kurashish uchun yana 6 ming harbiy yuborishni taklif qildi.
Grem bu kuchlar Suriyaga Bashar Asad tuzumiga qarshi kurashish uchun emas, balki IShID bilan kurashish uchun talab qilinishini alohida ta'kidlab o‘tdi.
Senatorning aytishicha, Asadni ag‘darish bilan amerikalik harbiylar va instruktorlar tomondan yordam berilayotgan o‘rtamiyona muxolifat deb ataluvchi guruhlar shug‘ullanishi kerak.
Ayni vaqtda Suriyada 500, qo‘shni Iroqda esa 5 ming amerikalik harbiy joylashtirilgan.
Mavzuga oid
16:50
Suriya adliya vaziri: Jinoyatga aloqadorlarning barchasi mustaqil sud oldida javob beradi
16:33
General-mayor Murhef Abu Qasra Suriya muvaqqat hukumati mudofaa vaziri etib tayinlandi
19:24 / 31.12.2024
Turkiya Suriyani elektr energiyasi bilan ta’minlashga va’da berdi
14:13 / 31.12.2024