Buxoroda uch nafar tovlamachi shaxs qo‘lga olindi
2017 yil 6 aprel kuni Buxoro shahar IIBga Xorazm viloyatida tug‘ilgan fuqaro F.S. ariza orqali murojaat qildi, deb xabar beradi Buxoro IIB.
Murojaatda 5 aprel kuni soat 15:30 larda, B.Naqshband ko‘chasida joylashgan “Istiqlol” to‘yxonasi oldida, bir guruh shaxslar, 1997 yilda tug‘ilgan yakka tartibda ishlaydigan, muqaddam sudlangan H.A., 1998 yilda tug‘ilgan, yakka tartibda ishlaydigan X.V. hamda 1998 yilda tug‘ilgan, yakka tartibda ishlaydigan M. R.lar unda elektroshoker borligini bilib, o‘zlarini IIB xodimlari deb tanishtirgan holda ushbu elektroshoker bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishlari va uni qamoqqa olishni aytib, qo‘rqitganliklari, so‘ngra mulkiy manfaatlar berishni talab qilib, uni o‘z mulkini berishga majbur qiladigan sharoitga solib, undan bir dona bahosi 5.200.000 so‘mlik “Samsung Galaxy S7” rusumli telefon apparati, 70.000 so‘m naqd pul va 50 AQSh dollarini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklarini bildirgan.
Shuningdek, 6 aprel kuni soat 19:00larda H.A, X.V. hamda M.R.lar B.Naqshband ko‘chasida joylashgan “Orzu” ko‘p qavatli uylar oldida, fuqaro F.S.ga zo‘rlik ishlatib, uni qo‘rqitgan holda mulkiy manfaatlar berishni talab qilib, unga ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan nazorat tariqasida berilgan 100 AQSh dollari va 500.000 so‘m miqdordagi o‘zlari talab qilib so‘ragan pulni tovlamachilik yo‘li bilan undan olayotgan vaqtlarida viloyat IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Hozirda surishtiruv-tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:03 / 15.12.2024
Buxoroda haydovchi mast holda avtobus boshqarib, odam tashiyotganda ushlandi
15:29 / 03.12.2024
Buxoro shahrining tarixiy qismida mototsikl va skuter kabilarning harakati cheklandi
11:04 / 02.12.2024
2025 yilda Rossiya shahrida Buxoro madaniyati kunlari o‘tkaziladi
17:27 / 30.11.2024