Sport | 08:06 / 16.04.2017
11146
2 daqiqa o‘qiladi

Video: «Atletiko» - «Osasuna» uchrashuvida mehmonlar darvozaboni qahramonlik ko‘rsatdi

Ispaniya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan biri Madridda bo‘lib o‘tdi va unda «Atletiko» autsayder «Osasuna»ni qabul qildi.

Yannik Ferreyra Karraskoning dubli, Felipe Luisning bitta goli evaziga Diyego Simeone shogirdlari yirik hisobda g‘alaba qozondi. Biroq uchrashuv bundanda yirikroq hisobda yakunlanishi mumkin edi.

Avvaliga hakam 89-daqiqada «Osasuna» darvozasiga penalti belgiladi. Biroq bu to‘pni mehmonlar posboni Salvatore Sirigu bartaraf etdi. Oradan bir daqiqa o‘tib yana «Atletiko» futbolchilari penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu safar Tomas Parti tomonidan tepilgan to‘pni yana Sirigu bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.

Ispaniya La-ligasi, 32-tur
Atletiko – Osasuna 3:0 (1:0)
Gollar:
Ferreyra Karrasko (30, 47), Filipe Luis (61).
Atletiko: Oblak, Xuanfran, Godin, Lyuka Ernandes, Filipe Luis (Savich, 67), Gaytan (Cherchi, 76), Ximenes, Parti, Ferreyra Karrasko, Torres (Tiagu, 72), Korrea.
Osasuna: Sirigu, Olavide (de la Kuevas, 57), Sanxurxo, Garsiya Subiriya, Fuentes, Klerk (Bunyuel, 57), Tensa (Torres, 77), Chaushich, Berenger, Leon, Kodro.
Ogohlantirishlar: Ximenes (25), Kodro (43), Sanxurxo (54), Sirigu (88), Fuentes (90), de la Kuevas (90).

Mavzuga oid