Jamiyat | 15:48 / 19.04.2017
15746
2 daqiqa o‘qiladi

Noyob video: Antarktika kit nigohi bilan

Olimlar Janubiy okean suvlarida kitga kamera o‘rnatgan holda videoni suratga tushirishdi. Rolikka Mashable portali e'tibor qaratdi.

Loyihada qator tashkilotlarning tadqiqotchilari ishtirok etdi.

"Olimlar kitlarning Antarktikadagi hayotining kishilarga ma'lum bo‘lmagan, o‘ziga xos jihatlaridan xabardor bo‘lish uchun kameralar o‘rnatishdi, - deyiladi Butunjahon yovvoyi tabiat fondining videoga qoldirilgan izohida. – Bu kitlar qachon va qanday qilib ovqatlanishi, ularning ijtimoiy hayoti, hattoki ular qanday kuch bilan “puflashi” va shu tariqa nafas olish uchun muzni tozalashi haqida ma'lumot olishga imkon berdi".

"Biz kitlar kunduzgi vaqtning aksariyat qismida hordiq chiqarishi va muloqot qilishi, kechasi va tunda esa asosan oziqlanishini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldik", - deya ta'kidlab o‘tdi kitlarni o‘rganish bo‘yicha yetakchi mutaxassis Ari Fridlender.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, olingan ma'lumotlar ularga kitlarni oziqlantirish tumanlarini saqlab qolishga yordam beradi.

Mavzuga oid