Jamiyat | 17:48 / 19.04.2017
63681
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent teleminorasiga kirish tariflari qayta tasdiqlandi 

“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan 375 metrlik Toshkent teleminorasining 100 metrdagi tomosha maydonchasi va 105 metrdagi “Koinot” restoraniga kirish tariflari preyskuranti qayta tasdiqlanib, 2017 yil 1 apreldan amalga kiritildi. Bu haqda Kun.uz’ga DUK axborot xizmati xabar berdi.

Yangi preskurantga muvofiq, teleminoraga tashrif buyuruvchilar toifalarga ajratilgan bo‘lib, A toifaga kiruvchilarga kirish bepul qilib belgilangan. 

Shuningdek, Toshkent teleminorasiga tashrif buyurayotgan chet el va fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 16 yoshdan katta chet el fuqarolari uchun kirish tariflariga 2017 yil 1 apreldan 1 sentabrgacha bo‘lgan muddatga 40 foiz miqdorida chegirma belgilandi.

Toshkent teleminorasining tomosha maydonchasi va “Koinot” restoraniga kirish tariflari yangi preskuranti bilan www.crrt.uz saytining e'lonlar bo‘limida tanishish mumkin.

Mavzuga oid