Fan-texnika | 19:34 / 20.04.2017
5533
2 daqiqa o‘qiladi

Shanghayda MG elektrokupesi taqdim etildi

Xitoyning SAIC kompaniyasiga tegishli bo‘lgan MG markasi Shanghayda E-Motion elektr kupe kontseptini taqdim etdi. Firma to‘rt o‘rinli nusxa asosida 2020 seriyali mashinani chiqarishni maqsad qilgan.

Ikki eshikli kupe uchun kuch qurilmasi SAIC’da tayyorlandi. U haqdagi ko‘plab tafsilotlar sir saqlanmoqda, biroq shunisi ma'lumki, kontsept to‘rt soniyada soatiga yuz kilometr tezlikka chiqishi mumkin. Shu bilan birga, maksimal yurish masofasi zaxirasi 500 kilometrdan ko‘proqni tashkil etadi.

Yangilikning o‘ziga xos jihatlaridan biri «qanot»-eshiklar va ko‘plab aerodinamik xususiyatlardir. Bundan tashqari, oldingi optika faol «tom» bilan ajralib turadi, u yoritish rejimi o‘zgarsa kattalashadi.

Kontsept shuningdek butunlay shishali tomga ega. E-Motion salonidagi o‘rindiqlar yuqori tonnel bilan ajratilgan. Uning oldingi va orqa qismlarida multimediyali tizim va boshqa funksiyalarni boshqarishga mo‘ljallangan sensorli panellar joylashgan. Sensorli klavishlar oldingi eshiklar qoplamasida ham bor.

Autocar ma'lumotiga ko‘ra, kupening seriyali nusxasi qiymati kamida 40 ming dollarni tashkil etadi. MG modelni ishlab chiqarishni haqidagi qarorni kontseptga omma qanday munosabat bildirishiga qarab qabul qiladi.

Mavzuga oid