Sport | 10:20 / 22.04.2017
48567
3 daqiqa o‘qiladi

Mbappe Messi va Ronaldudan zo‘rroq ekaniga 5 isbot

Joriy haftadagi yevrokuboklarning asosiy yakuni: Kilian Mbappe – fantastik darajadagi o‘yinchi. U Messi va Ronaldudan qandaydir jihati bilan ustunroq ekani ham aniq.

1. Har bir uchrashuvda gollar

Yaqindagina Mbappe haqida hech kim eshitmagan ham edi. Endi esa u Yevropaning istalgan klubidan taklif olishi aniq. Mbappe YeChLda asosiy tartibda to‘rt bora maydonga tushdi va har gal to‘p kiritdi. Fransiyalik o‘yinchi «Manchester Siti» va «Borussiya» darvozasiga beshta to‘p urdi. Mbappe – YeChL pley-off bosqichidagi o‘zining ilk to‘rtta bahsining har birida to‘p urgan dunyodagi yagona futbolchi (asosiy tarkibdagi o‘yinlar hisobga olingan).  

2. Ikki oyoqdan zarba berish

Mbappe hisobida yana bir rekord bor. U YeChL pley-off bosqichida har ikki oyog‘idan ham gol urgan eng yosh futbolchi hisoblanadi. Biroq, Mbappe ko‘pchilik to‘plarini o‘ng oyog‘ida urgan. Darvoqe, yosh yigit kiritgan to‘plarini noodatiy tarzda ham nishonlaydi. U qo‘llarini qo‘ltig‘i ostiga shunday tarzda yashiradi:

3. Het-triklar

Mbappe 19 yoshga to‘lguniga qadar ikkita het-trik qildi. 2016 yilning dekabrida fransuz Liga kubogida «Renn»ga uchta gol urgan bo‘lsa, 2017 yilning fevralida Fransiya chempionatida «Metts» bilan o‘yinda het-trik qayd etdi. Messi ham, Ronaldu ham 19 yoshigacha rasmiy o‘yinda uchta to‘p kirita olmagan. Shunisi qiziqki, portugaliyalik Mbappening eng sevimli o‘yinchisi bo‘lgan, ular hattoki 2012 yilda birga suratga ham tushishgan.

4. Chempionatdagi sermahsullik

18 yoshli Mbappe Fransiya chempionatida 13 ta to‘p urishga muvaffaq bo‘ldi. Messi esa 19 yoshigacha Primerada yettita, Ronaldu bo‘lsa – APLda bitta va Portugaliya chempionatida uchta gol kiritgan. Ayni damda Mbappe maydonda o‘tkazgan vaqtiga nisbatan «gol+pas» tizimi bo‘yicha yetakchidir (penaltidan urilgan gollar hisobga olinmaydi).

5. YeChLdagi barqarorlik

Mbappe YeChLda o‘zining to‘rtta dastlabki o‘yinida asosiy tarkibda tushib, gol urgan oltinchi futbolchiga aylandi. Ronaldu va Messi bu oltilikka hattoki kirmagan. Oxirgi shunday o‘yinchiga Diyego Kosta 2014 yilda aylangandi.

Kecha esa Mbappe YeChL chorak final javob uchrashuvlari yakunlari bo‘yicha haftaning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi. Bu nomga shuningdek, «Yuventus» yarim himoyachisi Xuan Kuadrado, «Bavariya» xavbeki Aren Robben va «Lester Siti» hujumchisi Jyeymi Vardi ham da'vogarlik qildi.

 

Mavzuga oid